AGI MARKALI SALNIKLI NABIVKA

AGI MARKALI SALNIKLI NABIVKA

Salnikli nabivkalar. Turli xil mashina va apparatlarning harakatlanuvchi hamda harakatlanmaydigan birikmalarini germetizatsiyalash (zichlash) maqsadida salnik kameralarini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. ≈15-20 kg lik buxtalarda yetkazib beriladi.

Mahsulot nomiO‘lchamlariO‘lchov birligiQQS bilan narxiIshlab chiqarish
1AGI markali salnikli nabivka4x4 - 5x5kg187 550Rossiya, "UralATI" OAJ
2AGI markali salnikli nabivka6x6 - 14x14kg187 550Rossiya, "UralATI" OAJ
3AGI markali salnikli nabivka16x16 - 28x28kg193 600Rossiya, "UralATI" OAJ
4AGI markali salnikli nabivka30x30 - 36x36kg193 600Rossiya, "UralATI" OAJ

AGI MARKALI SALNIKLI NABIVKA – bu dumaloq yoki kvadrat shaklidagi kesimga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qilgan elastik shnurdir. AGI salnikli nabivkasi asbest iplardan to‘qilgan bo‘lib, ularni shimdirish uchun yopishqoq grafit saqlovchi aralashmadan foydalanilgan. Bundan tashqari, uning tarkibiga korroziya ingibitori (sekinlashtiruvchisi) bo‘lgan qo‘shimcha kiradi. Ushbu turdagi salnikli nabivkaning tarkibi uning nomlanishida aks etgan bo‘lib, buni AGI abbreviaturasining kengaytmasi tasdiqlaydi (Asbestli Grafit saqlovchi Ingibirlangan). AGI salnikli nabivkasi bir nechta funksiyani bajaradi: salniklarni, mos ravishda ular o‘rnatilgan uskunaning uzel va qismlarini zichlaydi/germetizatsiyalaydi hamda ularni ifloslanishdan himoya qiladi.

BATAFSIL TEXNIK TAVSIF 

AGI salnikli nabivkasi yordamida gaz tarmog‘i va neftni qayta ishlash, atom sanoati va issiqlik energetikasi, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohasi, kommunal xo‘jaliklar va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan turli apparatlardagi nasoslar, kompressorlar, armaturalar, avtoklavlar, shuningdek, qo‘zg‘almas birikmalar zichlanadi. Bular AGI salnikli nabivkasi qo‘llaniladigan sohalarning faqat ba’zilaridir. U yuqori harorat, bosim va kimyoviy agressivlik sharoitida birikmalarning ishonchli zichlanishi talab qilinadigan boshqa tarmoqlarda ham ishlatilishi mumkin.

NomiXarakteristikalari
AGITo‘qilgan, grafit bilan yelimlab shimdirilgan, ingibirlangan. Zichligi 0.9 g/cm³ dan kam emas.

Salnikli nabivkalarning qo‘llanilishi:

Ishchi muhitMuhitning pH ko‘rsatkichiMuhitning maksimal ruxsat etilgan bosimi, MPaMuhitning maksimal ruxsat etilgan harorati, °CSirpanish tezligi, m/sZichlash uzeli
Havo, azot, inert gazlar4 - 1420.03252Armatura
Suv bug‘i4 - 1435.05652Armatura
Neft mahsulotlari4 - 1432.04502Armatura
Suv, oziqlantiruvchi suv-2.07025Nasoslar
Organik mahsulotlar4 - 1438.02802Armatura
Organik mahsulotlar-38.028015Nasoslar
Suyuq va gazsimon ammiak4 - 1432.0-70 dan +150 gacha2Armatura
Suyuq va gazsimon ammiak---15Nasoslar
Suyuq va gazsimon neft mahsulotlari hamda agressiv muhitlar4 - 1437.0600-Apparatlarning qo‘zg‘almas birikmalari

Kesimi D х D bo‘lgan nabivkaning 1 pogon metri vazni (grammda) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: P*D*D, bu yerda P – nabivkaning zichligi.

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ma'lumotlaringizni qoldiring va biz tez orada siz bilan bog'lanamiz

Ma'lumotlaringiz himoyalangan va uchinchi shaxslarga berilmaydi

Buyurtma yuborildi!

Buyurtmangiz uchun rahmat. Tasdiqlash uchun tez orada siz bilan bog'lanamiz.

QO'NG'IROQQA BUYURTMA BERISH

Xabar yuborildi!
Biz tez orada siz bilan bog'lanamiz